Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tkir Siddiqov vafot etdi

O‘tkir Siddiqov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, «Shuhrat» medali sohibi, taniqli ijodkor, el sevgan suxandon O‘tkir Siddiqov olamdan o‘tdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod xabar berdi.

O‘tkir Siddiqov 1945 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutining drama va kino aktyorligi yo‘nalishini tamomlagan.

O‘tkir Siddiqov boshlovchi sifatida bugungacha 8 mingga yaqin konsert va tadbirlarda qatnashgan. U 250 dan martadan ortiq turli shahar va mamlakatlardagi gastrol safarlarida boshlovchilik qilgan.

U 1996 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni, 2017 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring