Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozodbek Nazarbekovga Qozog‘iston prezidenti nomidan mukofot topshirildi

Ozodbek Nazarbekovga Qozog‘iston prezidenti nomidan mukofot topshirildi

O‘zbekiston madaniyat vaziri, xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Qozog‘iston Respublikasining ikkinchi darajali «Dostiq» («Do‘stlik») ordeni bilan taqdirlandi. Mukofotni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev nomidan ushbu mamlakatning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov topshirdi.

Qozog‘iston elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O.Nazarbekov Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy robitalarni yanada rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlangan.

O‘z navbatida, O‘zbekiston madaniyat vaziri Qozog‘iston davlat mukofotini olish sharaf ekani, bu e’tirof ikki birodar xalq o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini aytgan.

Qozog‘iston elchisi Beybut Atamqulov, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga prezident Q.To‘qayev farmoni asosida «Hurmat» ordenini topshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring