Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turk amaldori aktyorlarning mojarosi uchun uzr so‘radi

Turk amaldori aktyorlarning mojarosi uchun uzr so‘radi

Toshkentdagi festivalning turk kinosi kunlarida Burak O‘zchivit va Nurgul Yashilchay hamda boshqa turk aktyorlari o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani xabar qilingandi. 

Ushbu holat uchun Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari o‘zbek tomoshabinlaridan uzr so‘ragan. Bu haqda kinojurnalist Shoxira Hamro ma’lum qildi.

«Kinematografiya agentligi mas’ullarining aytishicha, anglashilmovchilik  yuzasidan Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Axmet Misbah Demirjan rasman uzr so‘rab, voqeaga munosabat bildirgan.

Uning qayd etishicha, tadbir ssenariysi bo‘yicha marosimga taklif etilgan barcha, 11 nafar turk kinoyulduzlari birgalikda sahnaga chiqishlari, muxlislar qarshisida birgalikda o‘tirishlari kerak edi. Buni sahnada 3ta stulning bo‘sh qolishidan ham bilish mumkin.

Har bir kinoyulduzning o‘ziga yarasha xarakteri bor, hamkasblar o‘rtasidagi munosabat ularning o‘z ichki ishi, sahnaga chiqish yoki chiqmaslik, kim bilan o‘tirish yo o‘tirmaslik masalasi har kimning o‘z tanlovidir, degan u», deb yozadi jurnalist.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring