Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022 yilda bojxonachilar qariyb 750 kilo «narkotik»ni ushlab qolishgan

2022 yilda bojxonachilar qariyb 750 kilo «narkotik»ni ushlab qolishgan

Respublika bojxonachilari tomonidan 2022-yilda 749 kg og‘irlikdagi giyohvandlik vositalari ushlab qolingan. Bu esa 2021-yilga nisbatan 42 foizga ko‘proq deganidir.

Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriyev, shuningdek, 316 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar, 5,3 ming dona psixotrop moddalar qonunbuzarlardan olib qo‘yilganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari qiymati 14,6 mlrd so‘mlik 38 kg. dan ziyod tilla va boshqa zargarlik buyumlari ham aniqlandi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 5 foizga ko‘p.

Shuningdek, bojxona chegaralari orqali 2021-yilga nisbatan 6,7 barobarga ko‘p miqdorda, ya’ni 4,5 mln dollarga teng naqd xorijiy valyutalar ushlab qolindi.

Bojxona organlarining tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlari natijasida 2022-yilda qiymati 19,8 mlrd so‘mlik 1 mln. 620 ming quti tamaki mahsulotlari ushlab qolindi.

Madaniy va tarixiy boyliklarini asrab qolish doirasida o‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yilda 1 565 dona madaniy boyliklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldi olingan (2021-yilga nisbatan 15 foizga oshgan).

Ma’lumot uchun, 2022-yilda aniqlangan jami 17 mingdan ortiq bojxona qonunbuzilishi holatlarida 844 mlrd so‘mlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring