Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilda hokimlik va tashkilotlar 273 ta holatda budjetni sarflashga doir shaffoflikni buzishgan

2022-yilda hokimlik va tashkilotlar 273 ta holatda budjetni sarflashga doir shaffoflikni buzishgan

Hisob palatasi 2022-yilda davlat idoralari tomonidan o‘z rasmiy veb-saytlariga budjet jarayonining ochiqligini ta’minlaydigan axborotning joylashtirilishi ustidan olib borilgan nazorati xulosalarini taqdim qildi.

Xususan, tanlov asosida o‘rganilgan 133 ta tashkilotlar tomonidan rasmiy veb-saytlariga budjet jarayonining ochiqligini ta’minlaydigan ma’lumotlarning 2022-yil 10-fevral holati bo‘yicha joylashtirilishi tahlil qilinganda, quyidagilar aniqlangan: 

  • 66 ta vazirlik va idorada tegishli ma’lumotlar to‘liq ravishda joylashtirilgan; 
  • 13 ta vazirlik va idorada tegishli ma’lumotlar qisman taqdim qilingan;
  • 54 ta vazirlik va idorada esa tegishli ma’lumotlar umuman joylashtirilmagan.

2022-yil II chorak yakunlari bo‘yicha ushbu yo‘nalishda 208 ta tuman va shahar hokimliklari kesimida o‘rganilganda esa 44 ta hokimlik ma’lumotlarni to‘liq joylashtirgani, 5 tasi – to‘liq joylashtirmagani va 159 tasi – umuman joylashtirmagani aniqlandi.  

2022-yil III chorak davomida 137 ta davlat tashkilotlari o‘rganilib, 95 ta tashkilot tomonidan barcha ma’lumotlarni joylashtirgani, 22 tasi ma’lumotlarni to‘liq joylashtirmagani hamda 20 tasi ma’lumotlarni umuman joylashtirmagani aniqlangan. 

2022-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha 134 ta vazirlik va idoralarning budjet jarayonining ochiqligi sohasidagi faoliyati o‘rganildi. Ushbu davr mobaynida, 72 tasi davlat tashkiloti ma’lumotlarni to‘liq joylashtirgani, 24 tasi – to‘liq joylashtirmagani va 38 tasi – umuman joylashtirmagani aniqlangan. 

O‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirmagan hokimlik va tashkilotlar yuzasidan tegishlicha taqdimnomalar kiritilib, aybdorlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring