Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024 yilgi yozgi Olimpiada chempionlari ertaga Toshkentga yetib keladi

2024 yilgi yozgi Olimpiada chempionlari ertaga Toshkentga yetib keladi

Parijda o‘tgan 2024 yilgi yozgi Olimpiadada tarixiy natija ko‘rsatib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan, yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan mamlakatning oltin avlodi 12-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonga yetib keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, chempionlar Toshkent aeroportida (terminal-3) tantanali kutib olinadi.

Ayni vaqtda chempionlarni munosib kutib olish maqsadida mas’ullar zarur tayyorgarliklarni ko‘rishmoqda.

Quyida chempionlarning korteji Toshkent shahri bo‘ylab harakatlanadigan yo‘nalish ko‘rsatib berilgan.

Rasmdagi doira shaklida belgilangan nuqtalarda esa yurtdoshlarimiz xavfsizlik chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda chempionlarni g‘alabalar bilan qutlashlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiadachilari Yozgi Olimpiada o‘yinlarida tarixiy natijani qayd etishdi: «TOP-15 talik»ka kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring