Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3 yilda quvvati 7 ming MVtdan ortiq bo‘lgan 12 ta IES ishga tushiriladi – Energetika vazirligi

3 yilda quvvati 7 ming MVtdan ortiq bo‘lgan 12 ta IES ishga tushiriladi – Energetika vazirligi

2027-yil yakuniga qadar O‘zbekistonda umumiy quvvati 7 057 MVtga teng bo‘lgan 12 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

Vazirlik rasmiysi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy kompaniyalar bilan imzolangan bitimlarga asosan, 2027 yilga qadar yurtimizda umumiy quvvati 4 183 MVt bo‘lgan yana 5 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

2027-yilda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida quvvati 1 560 MVt va Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida quvvati 550 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Shu bilan bir qatorda, 2025 – 2027 yillar mobaynida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tomonidan qiymati 2 mlrd 214 million AQSh dollari, umumiy quvvati esa 2 087 MVt bo‘lgan 4 ta yirik investitsiya loyihalari ishga tushiriladi.

Bu loyihalar foydalanishga topshirilgach, qo‘shimcha 49,7 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Tizimli ishlar natijasida 2026-yilga borib, O‘zbekistonda umumiy quvvati 9947 megavatt, 2030 yilga borib esa 20000 megavattdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari faoliyat yuritishi kutilmoqda.

Mazkur «yashil» loyihalar ishga tushirilgach esa 2030 yilga borib, yiliga 50 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring