Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdumavlon Qosimov Toshkent shahar deputati vakolatini topshirdi

Abdumavlon Qosimov Toshkent shahar deputati vakolatini topshirdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Abdumavlon Qosimov o‘z arizasiga binoan muddatidan oldin iste’foga chiqarildi.

Ma’lum qilinishicha, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputat Abdumavlon Qosimovning muddatidan oldin iste’foga chiqishini ma’qullagan, kengashning 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan 77-sessiyasida qaror qabul qilingan. Deputatning o‘zi iste’foga chiqish haqida ariza bergan. Deputat kengash kotibiyati mudiri lavozimida hamda ijtimoiy tarmoqlar va kengash saytini nazorat qilib borgan.

Ma’lumot uchun, Abdumavlon Qosimov 2020 yil yanvar oyida «Adolat» partiyasidan 45-Qoratosh okrugi deputati etib saylangan, deputatlik vakolati 2025 yilning yanvarigacha amal qilishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent shahar sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning shahar kengashi deputatligi vakolati muddatidan oldin to‘xtatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring