Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir kunda chiqindini «noto‘g‘ri tashlash» bilan bog‘liq 11,4 mln so‘mlik jarima yozildi – poytaxt Ekoboshqarmasi

Bir kunda chiqindini «noto‘g‘ri tashlash» bilan bog‘liq 11,4 mln so‘mlik jarima yozildi – poytaxt Ekoboshqarmasi

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bir muddat oldin poytaxtda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashga qarshi reyd tadbirlari boshlanganini e’lon qilgan edi.

Ekoboshqarma axborot xizmati xabariga ko‘ra, birgina 12 mart, chorshanba kuni o‘tkazilgan reyd davomida poytaxt hududida chiqindi tashlash bilan bog‘liq 16 ta huquqbuzarlik aniqlangan. Huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 91-1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va jami 11 mln 375 ming so‘m jarima qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, MJtKning 91-1-moddasi 1-qismiga ko‘ra, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha (370 ming so‘mdan 1 mln 125 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 750 ming so‘mdan 7 mln 500 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 500 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 30 baravarigacha (7 mln 500 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring