Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir qator huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi

Bir qator huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, quyidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda:

  • hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlanganda cheklovchi tadbirlar (karantin) qoidalarini buzish, shuningdek hayvonlarning bir vaqtning o‘zida ommaviy kasallanishi yoki to‘satdan nobud bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat veterinariya nazorati organlaridan yashirish, ularga xabar bermaslik uchun BHMning 3 baravari miqdorida jarima solinadi;
  • veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning xavfsizligi normalarini hamda ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish qoidalarini buzish huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksiga geografik ko‘rsatkichlar ham intellektual mulk ob’yektlari hisoblanishi to‘g‘risidagi norma kiritilmoqda. Unga ko‘ra, o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda.

Qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish taqiqlanganligi litsenziya yoki ruxsat beruvchi hujjatni berishda rad etishga asos bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring