Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznes-ombudsman tadbirkorning 65 mln so‘mini undirib berdi

Biznes-ombudsman tadbirkorning 65 mln so‘mini undirib berdi

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga «Nazarbek agro» korxonasi (nomi o‘zgartirilgan) murojaat qilib, sud qarori bo‘yicha qarzdor korxonalardan undirilgan qarzdorlik majburiy ijro byurosi tomonidan korxona hisob raqamiga o‘tkazib berilmayotganligi haqida ma’lum qilgan.

Murojaatni o‘rganish davomida xaqiqatan ham korxona tomonidan majburiy ijro byurosiga bir necha marotaba murojaat qilingan bo‘lishiga qaramay, undirilgan mablag‘lar korxona hisob raqamiga o‘tkazib berlimaganligi aniqlangan.

Vakil Devoni xodimlari aralashuvidan so‘ng  65 million so‘mdan ziyod raqam qarzdorlik jamiyatning hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring