Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda 174 million dollarlik 2 ta yirik shamol elektr stansiyasi quriladi

Buxoroda 174 million dollarlik 2 ta yirik shamol elektr stansiyasi quriladi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Peshku tumanlarida 2 ta yirik shamol elektr stansiyasini qurish loyihalarini amalga oshirish doirasida Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 174 million AQSh dollari miqdorida zayom bitimlari imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligining Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur stansiyalarda umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan 158 ta shamol turbinalari o‘rnatish orqali yiliga 3,6 milliard kVt∙soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu stansiyalar ishga tushirilgandan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik shamol energiyasi loyihasiga aylanadi.

Ma’lumot uchun: 2 ta shamol elektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida yiliga 1, 1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga va atmosferaga 1 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinishiga erishiladi.

Mazkur elektr stansiyalar 2024-yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring