Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda bir oilaning besh a’zosi is gazi sabab vafot etdi

Buxoroda bir oilaning besh a’zosi is gazi sabab vafot etdi

Buxoro viloyati Jondor tumanida bir oilaning barcha a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 5-dekabr kuni soat 15:25larda Jondor tumanidagi «Oxshix» mahalla fuqarolar yig‘ini, Oxshix qishlog‘ida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan N.U.ning xonadonida tunda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida kelib chiqqan is gazidan o‘tkir zaharlangan xonadon sohibi N.U. va uning turmush o‘rtog‘i 1988-yilda tug‘ilgan N.T. hamda farzandlari 2011-yilda tug‘ilgan N.O., 2015-yilda tug‘ilgan M.O. va 2020-yilda tug‘ilgan S.O.lar vafot etgan.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mirjon Fayzulloyevning ma’lum qilishicha, oila uyni isitishda elektr pechkadan foydalangan. Bundan tashqari,  xonadon suv isitish batareyalari (otopleniye)ga ulangan bo‘lgan.

«Birlamchi taxminga ko‘ra,  xonadonda elektr pechning nosozligi tufayli chaqnash yuzaga kelib, uchqun ko‘rpalarga sachragan. Bir nechta paxtali ko‘rpalarning tutab yonishi oqibatida fojea yuzaga kelgan. Tergov-surishtiruv hamda ekspertiza jarayonlarida holat to‘g‘risida batafsil ma’lumot beramiz», – deydi Mirjon Fayzulloyev.

Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring