Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinayotgan mas’ul shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro tumanidagi «Yangi turmush» mahallasida hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan R.A. o‘z mansab mavqeidan foydalangan holda fuqarolarning kredit mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan.

U, jumladan, mahalla fuqarolari – G.J., U.S., B.S. va Sh.Q.larni xabardor qilmasdan, har birining nomiga 33 million so‘mdan, jami 165 million so‘m, 14 foizli imtiyozli kredit mablag‘larini olishga erishgan.

R.A. go‘yoki boshqa maqsadlarda soxta tavsiyanomalar va dalolatnomalar rasmiylashtirib, yuqoridagilarga tegishli ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish yo‘li bilan ATB «Agrobank» Buxoro tumani filialidan kredit mablag‘larini olgan va o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring