Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlari havo harorati biroz salqinlaydi

Dam olish kunlari havo harorati biroz salqinlaydi

O‘zgidromet joriy hafta o‘rtasidan O‘zbekistonning g‘arbiy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan kirib kelgan nisbatan salqin havo sabab ikki kun davomida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo harorati 7-10 darajagacha pasayib, 30-35 darajani tashkil etganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun Buxoro, Navoiy viloyatlarida, shanba va yakshanba kunlari markaziy, janubiy va sharqiy viloyatlarda issiq biroz pasayadi. Biroq, respublika hududining katta qismida haroraning pasayishi shimoliy hududlardagidek sezilmaydi. Kunduzgi harorat 33-38 darajagacha pasayadi.

Bugun va dam olish kunlari respublika bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. 9-11 iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida esa 9-11-iyun kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat dam olish kunlari 36-38 daraja bo‘ladi.

Haroratning pasayishi uzoq davom etmaydi. Keyingi haftada harorat foni avvalgi 35-40 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41-42 darajagacha bo‘lgan qiymatlarga qaytadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring