Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi o‘zbekistonlik diplomatlar Indoneziyaga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi

Endi o‘zbekistonlik diplomatlar Indoneziyaga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi

Tashrif bilan Jakartada bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Indoneziya tashqi ishlar vaziri Sugiono bilan uchrashgan.

Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidovning o‘zi telegram kanalida ma’lum qildi.

«Indoneziya tashqi ishlar vaziri Sugiono janobi oliylari bilan samimiy va keng qamrovli uchrashuv o‘tkazishdan mamnunmiz. Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga delegatsiyamiz nomidan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildiramiz. Bugungi kun tartibimiz keng ko‘lamli bo‘lib, hamkorlikning barcha sohalarini qamrab oldi va yangi marralarni belgiladi. Asosiy maqsadimiz – munosabatlarimizni jadallashtirish, rishtalarni mustahkamlash, ikki davlat xalqlarini yanada yaqinlashtirish. Mamlakatlarimizni bir-biriga bog‘lab turuvchi mustahkam poydevor va oldinda erishish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Albatta, iqtisodiy diplomatiya ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda», – deb yozadi O‘zbekiston TIV rahbari.

U, shuningdek, uchrashuv yakunida diplomatik pasport egalari uchun viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring