Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada fuqaro 17 millionlik so‘mlik qurilish mollarini o‘g‘irlab ketdi

Farg‘onada fuqaro 17 millionlik so‘mlik qurilish mollarini o‘g‘irlab ketdi

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida fuqaro bitmagan binoning 17 million so‘mlik qurilish mollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgani aniqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yozyovon tumani. Fuqaro D.A IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 21 mart kuni noma’lum shaxs Soybo‘yi mahalla hududida joylashgan qurilishi bitmagan binosi oldida qarovsiz qoldirilgan jami narxi 17.300.000 so‘mlik qurilish mollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan S.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring