Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fevralda o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutyapti?

Fevralda o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutyapti?

Qish faslining so‘nggi – fevral oyi yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 2-2,5 darajaga, tog‘larda 1-1,5 darajaga iliqroq bo‘ladi.

Bu haqda O‘zgidromet fevral oyi uchun ob-havo prognozida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu yil fevral oyi 6-7 kun davomida saqlanib taradigan quruq ob-havo bilan boshlanadi.

Ushbu davr boshida havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 6-7 fevral kunlariga kelib, nisbatan iliqlashadi, kunduz kunlari havo 12-15 daraja iliqqacha, shimolda 5-8 daraja iliqqacha isiydi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Respublika hududi bo‘yicha birinchi o‘n kunlik oxirida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda har o‘n kunlikda 2-3 kundan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilyapti.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 2004, 2016 va 2021 yillarning fevral oylari eng iliq oylar bo‘lib, o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me’yordan 3-6 darajaga yuqori bo‘lgan. Ushbu yillarda eng iliq davrlarda havo harorati 22-27daraja iliqqacha, janubda 28-30 daraja iliqqacha ko‘tarilgan.

Shuningdek, 2008, 2012 va 2014 yillarning fevral oylarida eng sovuq ob-havo kuzatilgan bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat me’yordan 4-8 darajaga past bo‘lishi kuzatilgan. Respublika hududining katta qismida minimal havo harorati 12-17 daraja sovuqqacha, shimolda 24-29 daraja sovuqqacha pasaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas