Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hukumat Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish bo‘yicha tender e’lon qildi

Hukumat Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish bo‘yicha tender e’lon qildi

O‘zbekiston hukumati Urganch xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tender e’lon qildi. 

Qayd etilishicha, Urganch xalqaro aeroporti muntazam ravishda 8 ta aviakompaniyaga va Yevrosiyo bo‘ylab charter reyslari bo‘yicha 40 ga yaqin aviakompaniyaga xizmat ko‘rsatadi. 2023 yilda aeroport 590 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2024-yilda yo‘lovchi tashish hajmi 17 foizga oshishi kutilmoqda. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, DXSh davrida yo‘lovchi tashish hajmi har yili o‘rtacha 7,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.

«Uzbekistan Airports» kompaniyasi tenderning birinchi bosqichi (talabgorlarga dastlabki malaka hujjatlari) haqida e’lon qilib, shu kabi loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega barcha manfaatdor tomonlar ushbu loyihada ishtirok etishga taklif qilmoqda.

G‘olib operator 3,5 km uzunlikdagi yangi uchish-qo‘nish yo‘lagini, asosiy burilish yo‘lagini hamda maydoni 39 ming kv bo‘lgan xalqaro reyslar uchun soatiga 1000 yo‘lovchiga (ham jo‘nash, ham qo‘nish) va ichki reyslar uchun soatiga 300 yo‘lovchiga (ham jo‘nash, ham kelish) xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan yangi yo‘lovchi terminalini qurish va boshqa modernizatsiya ishlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring