Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilning 6 oyida 4 mingga yaqin shaxs korrupsion jinoyatlarda ayblangan

Joriy yilning 6 oyida 4 mingga yaqin shaxs korrupsion jinoyatlarda ayblangan

Aksilkorrupsiya agentligi 2024-yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilikni tahlil qildi.

Unga ko‘ra, mazkur davrda 3 837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilda (2023-yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yo‘nalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan.

Jumladan:

  • tijorat banklarida 146 (186);
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177);
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128);
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64);
  • Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40);
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 30 (33) nafar xodimlar tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimining 285 (237) nafar, davlat ulushi mavjud korxonalarning 103 (153) nafar hamda mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring