Kambag‘allik chegarasining oshishi qanday oilalar uchun foydali bo‘ldi?

Bir muddat oldin Statistika agentligi tomonidan O‘zbekistonda 2025-yil uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdori kishi boshiga bir oy uchun 669 ming so‘m qilib belgilangan edi.
Minimal iste’mol xarajatlari qiymatining oshishi bilan esa ayrim turdagi ijtimoiy to‘lovlar ham oshmoqda.
Natijada:
- yil yakuniga qadar daromadi jon boshiga (648 ming so‘mdan 669 ming so‘mgacha) bo‘lgan qo‘shimcha 28 ming oila kam ta’minlangan oila sifatida nafaqa olish huquqi paydo bo‘ladi;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan 7,4 ming shaxslarning har oylik moddiy yordam pullari amaldagi 648 ming so‘mdan 669 ming so‘mgacha (+ 21 ming so‘m) oshadi;
- xususiy sektorda ishlovchi ayollarga Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan to‘lanadigan homiladorlik va tug‘ish nafaqalari miqdori 2 676 ming so‘mni (+ 84 ming so‘m) tashkil etdi.
Minimal iste’mol xarajatlari miqdorini 669 ming so‘mga yetkazish natijasida ijtimoiy to‘lovlarni moliyalashtirish uchun joriy yil yakuniga qadar jami 87,0 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Avvalroq pensiya va pensiya olish uchun talab qilingan ish stajiga ega bo‘lmagan nafaqa oluvchilarning pensiya va nafaqa miqdorlari belgilangan minimal iste’mol xarajatlari 669 ming so‘mdan kam emasligi haqida eslatib o‘tilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter