Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

DXX xodimlari tomonidan 2024-yilning 13-fevral kuni soat 23:00larda Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 90 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga olingan. U qidiruvdagi shaxsga qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berish evaziga shuncha pul olgani aytilyapti.

G‘ulomov Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi «Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi» AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jamiyat ta’sischisi M.I. dan unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berish evaziga vositachi orqali Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markazi binosi yaqinida 90 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buhodir G‘ulomov Kogon tumani prokurori lavozimiga 2022-yil aprelda tayinlangan. U avval Buxoro viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring