Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank joriy yilning 6 oyida muomalaga 4,1 trln so‘m naqd pul chiqargan

Markaziy bank joriy yilning 6 oyida muomalaga 4,1 trln so‘m naqd pul chiqargan

Markaziy bank tomonidan 2024-yil yanvar-iyun oylari uchun «Naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh» tayyorlandi. Mazkur sharhga ko‘ra, 2024-yil yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 385 trln so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 30 foizga o‘sgan.

Banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi esa, hisobot davrida, 458 trln so‘mni (naqd pul tushumlari – 227 trln so‘m, berilgan naqd pullar – 231 trln so‘m) tashkil etgani holda, 2023-yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshdi.

Ma’lumki, banklarga tushgan naqd pullarning ularga bo‘lgan talab o‘rtasidagi farq Markaziy bank tomonidan muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlab boriladi. Jumladan, Markaziy bank tomonidan joriy yilning 6 oyi mobaynida muomalaga qo‘shimcha 4,1 trln so‘m naqd pullar chiqarilgan. 2024-yil 1-iyul holatiga umumiy pul massasidagi naqd pullarning ulushi 21,1 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foiz bandga pasaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring