Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida kutib olindi

Shavkat Mirziyoyev Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida kutib olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4 fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi.

Prezident Mirziyoyev aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Parlamentlar doirasida faol hamkorlik va almashinuvlarni davom ettirish, o‘zaro tashriflar va do‘stlik guruhlari tadbirlarini tashkil etish, qonun ijodkorligi masalalarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muhim investitsiyaviy, infratuzilmaviy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif dasturining asosiy tadbirlari ertaga, 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Prezidenti va Malayziya Bosh vaziri oliy darajada muzokaralar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston-Malayziya biznes forumida ishtirok etadi. Sammit yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring