Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiy viloyatining bosh soliqchisiga biryo‘la 3 nafar o‘rinbosar tayinlandi

Navoiy viloyatining bosh soliqchisiga biryo‘la 3 nafar o‘rinbosar tayinlandi

Soliq qo‘mitasi Raisining tegishli buyrug‘iga asosan Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘iga 3 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Xususan, Rajabov Valijon Xudoyberdiyevich – Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

V.Rajabov 1982 yil Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi. Tayinlovga qadar Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shomurodov Zohidjon Bobonazarovich – Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Z.Shomurodov 1983 yil Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi. Tayinlovga qadar Navoiy viloyati Zarafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Karimov Nozim Ubaydullayevich - Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

N.Karimov 1983 yil Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi. Tayinlovga qadar Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring