Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nemis tilidan birinchilikni olgan andijonlik qizning ota-onasiga Umra yo‘llanmasi berildi

Nemis tilidan birinchilikni olgan andijonlik qizning ota-onasiga Umra yo‘llanmasi berildi

Germaniyaning Gyottingen shahrida bo‘lib o‘tgan nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan andijonlik o‘quvchi qizning ota-onasiga Makka shahriga – Umra ziyorati uchun yo‘llanma berildi.

Bu haqda Toshknet shahridagi turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardan biri o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Rayyona Ibrohimovaning o‘ziga esa tashakkurnoma taqdim etilgan.

Firma ma’muriyati ushbu xatti-harakatini «yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishni qasd qilgan va  farzandlarini bilimli, ma’rifatli bo‘lishida ertayu kech sabr va iroda bilan harakat qilgan ota-onani taqdirlash, rag‘batlantirish», deya izohlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring