Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston havo yo‘llari 601-reysdagi janjal yuzasidan ma’lumot berdi

O‘zbekiston havo yo‘llari 601-reysdagi janjal yuzasidan ma’lumot berdi

Bir muddat oldin Uzbekistan Airways’ning Toshkent – Moskva yo‘nalishida uchgan HY-601 reysida janjal kelib chiqani haqida xabar berilgan edi. 

Havo yo‘llarining bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2023-yil 7-mart kuni HY-601 Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi aviaqatnovi havo kemasi Domodedovo aeroportining ob-havo sharoiti (uchish-qo‘nish yo‘lagining holati xavfsiz qo‘nishni amalga oshirish uchun zarur talablarga javob bermaganligi) sababli Vnukovo xalqaro aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. 

HY-601 aviaqatnovi havo kemasi sardori yo‘lovchilarga yo‘nalish Vnukovo muqobil aeroportiga o‘zgargani haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, ob-havo yaxshilangani va havo kemasi Domodedovo xalqaro aeroportiga uchib ketishga tayyor bo‘lganidan so‘ng, ekipaj parvozga tayyorligini e’lon qilgan.

«Afsuski, havo kemasi bortida ayol o‘zini yomon his qilayotgani ma’lum bo‘ldi, ekipaj shifokorlarni chaqirishga majbur bo‘ldi, bu esa uchib ketish vaqtining kechikishiga ta’sir qildi. Shu paytda Domodedovo xalqaro aeroportidagi ob-havo yana keskin yomonlashdi va bu keyingi kechikishga olib keldi», – deyiladi rasmiy axborotda.

Keyinchalik havo kemasidagi barcha 210 yo‘lovchini Vnukovo xalqaro aeroportiga tushirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

«Uzbekistan Airways» AJ keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘ramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring