Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Eron viza rejimini bekor qilmoqchi

O‘zbekiston va Eron viza rejimini bekor qilmoqchi

Eron turizm vaziri Izzatulloh Zarg‘amiy seshanba kuni Tehron O‘zbekiston bilan viza tartibini yengillashtirishga tayyorligini bildirdi. U bu haqda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bilan Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro turizm forumi doirasidagi uchrashuvida ma’lum qilgan.

Zarg‘amiy, shuningdek Eron ikki davlat o‘rtasida vizani bekor qilish bo‘yicha kelishuv imzolanishini olqishlashiga ishora ham qilgan.

«Biz Eronda ikki davlat o‘rtasidagi [сайёҳлик] vizalarini bekor qilish yo‘llarini izlayapmiz. Yaqinda Buxoroga tashrif buyurganimda ikki xalq qanchalik yaqin ekanini his qildim. Biz o‘zbekistonlik sayyohlarning Eronga kelishini qo‘llab-quvvatlaymiz, shuningdek, xorijga sayohat qilishni rejalashtirayotgan eronlik sayyohlar ham O‘zbekistonga e’tibor qaratishlari kerak, deb hisoblaymiz», – deydi Zarg‘amiy Samarqandda ikki davlat tomonidan turizm aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha dastlabki ishlar olib borilganini ta’kidlar ekan.

Aziz Abduhakimov ham, o‘z navbatida, uchrashuvdagi muhokamalari kelajakda yaxshi natija berishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Eron turizm vaziri Izzatulloh Zarg‘amiy Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasida ishtirok etish uchun 15-oktyabr kuni O‘zbekistonga kelgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring