Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroning o‘ndan ortiq ko‘chalarida tezlik pasaytirilyapti

Buxoroning o‘ndan ortiq ko‘chalarida tezlik pasaytirilyapti

Buxoro viloyati hokimligi viloyat hududida transport harakat jadalligi yuqori va tezlik oqibatida yo‘l-transport hodisalari ko‘plab kuzatilgan avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalarida 100 km/soat tezlikdan 70 km/soat tezlikka pasaytirishga doir qarori loyihasini e’lon qildi.

Shu munosabat quyida manzillari ko‘rsatiladigan ko‘chalarga 3.24 «70 yuqori tezlik cheklangan» yo‘l belgilari o‘rnatiladi.

Buxoro viloyat hududidagi avtomobil yo‘llarining aholi punktlaridan tashqari joylarida transport vositalarini harakat tezligi 70 kilometr/soatga tushirilgan avtomobil yo‘llari ro‘yxati: 

Kogon tumani

  • 4R-69 «Buxoro sh. — Buxoro parrandachilik fabrikasi – 41—temir yo‘l raz’ezdi — To‘dako‘l dahasi — Navoiy sh.» 9-11 va 15-35.2 km.lari oralig‘i
  • A-380 «b» «Buxoro halqa yo‘li» 32-39 km.lari oralig‘i
  • 4R-65 «4R63 avtoyo‘li (49 km) Azizobod q. — Kogon sh.» 32-35, 37.3-38.6, 40-42 va 45-46 km.lari oralig‘i

Olot tumani

  • 4R-78 «Olot sh. — Hamza I-II — nasos stansiyalariga» 9-20 km.lari oralig‘i

Romitan tumani

  • 4R-68 «G‘allaosiyo q. — Romitan sh. — A380 avtoyo‘li» 12-30 km.lari oralig‘i
  • 4R-48 «Zarafshon trakti» 334-340 km.lari oralig‘i

Peshko‘ tumani

  • 4R-48 «Zarafshon trakti» 306-309.3, 313.2-317.8,  322.2-323.5, 325.2-326 km.lari oralig‘i
  • 4R-66 «Azizobod q. — Vobkent sh. — Aliyor q. — Xo‘ja Porso q. — A380 avtoyo‘li» 33-35.4 km.lari oralig‘i

Shofirkon tumani

  • 4R-48 «Zarafshon trakti» 300-306 km.lari oralig‘i
  • 4R-220 «Vobkent sh. — Shofirkon sh. — Jilvon q.» 6-7 va 18-21 km.lari oralig‘i

G‘ijduvon tuman

  • 4R-48 «Zarafshon trakti»  237-255 km.lari oralig‘i
  • 4K-147 «G‘ijduvon sh. — Shofirkon q.» 0.8-7 km.lari oralig‘i
  • A-379 «Navoiy—Uchquduq» (Zarafshon shahri orqali) 58.7-80.6 va 97.8-105.7 km.lari oralig‘i
  • 4R-62 «A379 avtoyo‘li — Tongsaroy q — Teranquduq q. —Qizilqum halqa yo‘li (106 km)» 0-30 km.lari oralig‘i

Vobkent tumani

  • 4R-220 «Vobkent sh. — Shofirkon sh. — Jilvon q.» 3-6 km.lari oralig‘i
  • 4R-66 «Azizobod q. — Vobkent sh. — Aliyor q. — Xo‘ja Porso q. — A380 avtoyo‘li» 32-33 km.lari oralig‘i

Qorako‘l tumani

  • 4K-198 «Qorako‘l sh. — Mirzaqal’a q. — Jigachi q.» 4-5 va 8-10 km.lari
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring