Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Ostona shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risida bitim imzolandi.

Qozog‘istonning «Inbusiness» axborot agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Qozog‘istonning «Passajirskiye perevozki» AJ kompaniyalari rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi tashish sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasida sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risida bitim imzolangan, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan. Bu yo‘nalishdagi ilk qadamlardan biri «Jibek jo‘li» sayyohlik poyezdining ishga tushirilishi bo‘ldi.

«Shuningdek, boshqa yo‘nalishlarda ham shunga o‘xshash turistik marshrutlar yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqishga qaror qilindi. Xususan, yangi «Ostona-Samarqand» xalqaro yo‘nalishi ko‘rib chiqilmoqda», – deb yozadi «Inbusiness».

Qolaversa, tashrif davomida yo‘lovchi tashishni boshqarish, harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish, axborot tizimlarini joriy etish va chiptalarni onlayn sotishni tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish masalalari ham muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning may oyida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida ham «The Samarkand Express» sayyohlik poyezdi yo‘lga qo‘yilishi aytilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring