Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda amalda bo‘lgan bojxona bojlari JST talablariga moslashtiriladi

O‘zbekistonda amalda bo‘lgan bojxona bojlari JST talablariga moslashtiriladi

O‘zbekistonda amalda bo‘lgan bojxona bojlari JST talablariga moslashtiriladi.

Bu haqda joriy yil 4 iyun kuni qabul qilingan Prezidentning PF-85-son farmonida gap boradi. 

Hujjatga muvofiq, O‘zbekistonda amalda bo‘lgan bojxona boji, yig‘imlari va qiymatini Jahon savdo tashkilotining Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimi (GATT 1994) talablariga moslashtirish maqsadida:

  • 2025-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladigan bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi belgilandi;
  • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ayrim turdagi tovarlarni eksport qilishda undiriladigan yig‘imlarni qayta ko‘rib chiqib, 2024-yil 1-avgustga qadar tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
  • Bojxona qo‘mitasi 2024-yil 1-avgustga qadar bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya 2024-yil 1-avgustga qadar:

  • savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimi (MFN) nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan bojxona bojlarini qo‘llash bo‘yicha amaldagi qonunchilikni qayta ko‘rib chiqib, uning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflarni;
  • import bojxona bojlari stavkalarining qo‘llanilishi samaradorligini oshirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida amaldagi bojxona tariflarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahririga muvofiqlashtirish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring