Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda «Avitsenna» nomi ostida tibbiy turizm brendi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda «Avitsenna» nomi ostida tibbiy turizm brendi ishlab chiqiladi

Joriy yil 23 sentyabr kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-335-sonli qarorga ko‘ra, «Avitsenna» nomi ostida O‘zbekistonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan, shuningdek, quyidagilar belgilandi:

  • «Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» («Medical service hospitality») dasturi amalga oshiriladi;
  • davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi;
  • konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko‘rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • tog‘li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) ob’yektlari mavjud bo‘lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi;
  • 2025 yil 1 aprelgacha internet tarmog‘i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring