O‘zbekistonda mahsulot va xizmatlarni «Halol» belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni «Halol» belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi.
Bu borada Hukumatning joriy yil 1-fevral kuni 57-son qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan, jumladan, Mahsulotlar va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Shuningdek, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida mahsulot va xizmatlarni «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organi tashkil etiladi va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter