Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik shifokor va hamshiralar Quvayt shifoxonalariga jalb qilinishi mumkin

O‘zbekistonlik shifokor va hamshiralar Quvayt shifoxonalariga jalb qilinishi mumkin

O‘zbekiston elchixonasida Quvaytning «Adan Hospital» klinikasi shifokori, yirik sarmoyador Muhammad Hasan al-Kandari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar tibbiyot sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari hamda amalga oshirilgan va oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar muhokama etildi. 

«Dunyo» AA bergan xabariga ko‘ra, uchrashuvda Quvayt tomoniga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mazkur jabhada xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, poliklinika va shifoxonalarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan muhim ishlar haqida so‘zlab berildi.

Tomonlar, shuningdek O‘zbekistonda yosh bolalarda ko‘z va yurak bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashdilar.

Muhammad Hasan al-Kandari 2022-yil sentyabr oyida Quvaytning «An-Nur» xayriya jamg‘armasi va «HOPE» tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonda bo‘lganini hamda turli jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazganini ta’kidladi.

Quvayt vakili, shuningdek, O‘zbekistonda «Training center» tibbiyot o‘quv markazini ochish taklifini bildirdi. Ta’kidlanishicha, markaz o‘zbekistonlik shifokorlar va hamshiralarni malakasini oshirish orqali Quvayt shifoxonalariga ishlash uchun jalb qilinadi.

Muzokaralar yakunida mazkur masalani batafsil muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring