O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirdi
Joriy yil 3-mart kuni Oliy Majlis Senati tomonidan nomzodi ma’qullangan Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi yangi elchisi sifatida ilk marta Oq uyga tashrif buyurdi. U Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Bu haqda uning o‘zi Twitter sahifasida ma’lum qildi.
«Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishonch yorliqlarini AQSh prezidenti Jo Baydenga topshirish uchun tarixiy Oq uyda bo‘lishdan hayajondaman», – deb yozadi Furqat Sidiqov marosim oldidan.
U, shuningdek, ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan keyingi taassurotlari bilan ham bo‘lishgan.
«O‘zbekistonning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi sifatida yangi lavozimga kirishayotganimda Oq uyda bo‘lgan samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildiraman. Faxriy qorovul safidan o‘tganimda o‘zimda faxr tuydim. Men xalqimiz va hukumatlarimiz o‘rtasida ko‘prik qurishda hissa qo‘shayotganimdan faxrlanaman», – deydi elchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter