Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga davlat mukofotlarini topshirdi

Prezident bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga davlat mukofotlarini topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti boshlandi.

Avvalo, alohida o‘rnak ko‘rsatgan ta’lim sohasi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident mamlakatning barcha ta’lim-tarbiya xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etib, davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgani ta’kidlandi.

Bosh maqsadi yangi zamon kishisini, Yangi O‘zbekiston yoshlarini tarbiyalash bo‘lgan ta’lim va tarbiya sohasi uchun bu vazifa alohida ahamiyat kasb etadi.

«Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, bilimli va bunyodkor avlodni kim tarbiyalaydi? Albatta, sizlar – zahmatkash va jonkuyar ustozlar.

Buning uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Shundagina u o‘zining chinakam insoniy va kasbiy fazilatlarini amalda namoyon qila oladi», – dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring