Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: Toshkent viloyatida «Mening birinchi uyim» yangi ipoteka dasturi boshlanadi

Prezident: Toshkent viloyatida «Mening birinchi uyim» yangi ipoteka dasturi boshlanadi

Prezident Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida yangi uy-joylarning qurilishi va yosh oilalarni uyli qilish borasida ham to‘xtaldi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, yangi uy-joylarning qurish hajmlari 1,5 barobarga oshiriladi.

«Konstitutsiyamizga aholining munosib hayot kechirishi va uy-joyga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi yangi moddalarni kiritish lozim, deb hisoblayman.

Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlarini 1,5 barobarga oshirib, 90 mingga yetkazamiz.

Bunda, ikki yil oldin boshlangan imtiyozli shartlarda ipoteka berish davom ettiriladi.

Kelasi yilda Toshkent viloyatida «Mening birinchi uyim» yangi ipoteka dasturi boshlanadi.

Dastur doirasida, birinchi navbatda turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi», – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring