Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shimcha dam olish kunlari mehnat ta’tiliga qo‘shiladimi?

Qo‘shimcha dam olish kunlari mehnat ta’tiliga qo‘shiladimi?

Ayni kunlarda Qurbon Hayiti munosabati bilan barcha xodimlarning ketma-ket 5 kun dam olishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Xo‘sh, shunday bo‘lsa, ta’tillar muddati qanday hisoblanadi? Qo‘shimcha dam olish kunlari ta’tilga qo‘shiladimi?

Mehnat kodeksining 221-moddasiga ko‘ra, xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi.

Har yilgi mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.

MK 208-moddasiga ko‘ra, 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari belgilangan.

Demak, Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.

Yakshanba  va  qo‘shimcha dam olish kunlari esa mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinadi.

Misol, 19-iyun - dushanbadan 21 kalendar kunga ta’tilga chiqqan xodim 11-iyul seshanba ishga chiqadi, chunki Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni ta’til kunlariga to‘g‘ri kelganligi uchun bu kunni mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi, shuning hisobiga xodimni ta’tili 21 emas 22 kalendar kun davom etadi.

Savol: kasb-hunar maktabida qorovul joriy yil hisobida 10-iyun sanasidan mehnat ta’tiliga chiqdi. Bir korxonada 9 yillik ish staji bo‘lgan qorovulga mehnat ta’tili kunlari qanday hisoblanadi?

Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko‘ra, har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kunni tashkil etadi.

Bundan tashqari, MK 220-moddasiga ko‘ra, xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi 2 kalendar kun bo‘lgan, biroq jami 8 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi.

Demak, Sizning holatda qorovulga taxminan 23 kun ta’til beriladi: 21 kun (har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tili) + 2 kun (tashkilotdagi 9 yil staji uchun, agar staji to‘liq 10 yil bo‘lganda edi 4 kun berilar edi )

Nega taxminan 23 kun dedik, chunki MK 219-moddasiga ko‘ra xodimga qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda har yilgi qo‘shimcha ta’tillar berilish mumkin.

Shuningdek, agar qorovulda I yoki II guruh nogironligi bo‘lsa, MK 218, 429-moddalariga ko‘ra 30 kalendar kun har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi.

Savol: avvalgi yillarda foydalanilmagan ta’tillar qanlay qilib pulli kompensatsiyaga almashtiriladi?  Agar ish beruvchi barcha ta’tillardan foylanganini aytsa, buni isbotlash uchun qanday hisoblab chiqiladi?

Mehnat kodeksining 234-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

MK 233-moddasiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Foydalanilgan va foydalanilmagan ta’tillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xodimning T-2 shaklidagi shaxsiy varaqasida (Yo‘riqnomaga 4-ilova) yuritiladi.

Savollaringizni @xabargayoz_bot ga jo‘natishingiz mumkin.

Savollarga ekspertimiz Muhammadamin Karimjonov

javob bergan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring