Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramazon hayiti sanasi e’lon qilindi

Ramazon hayiti sanasi e’lon qilindi

Bugun, 8-aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida bo‘lib o‘tgan Ulamolar Kengashining navbatdagi onlayn majlisida Ramazon hayitini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga oid kun tartibidagi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi va hijriy 1445-yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar atroflicha tahlil qilingan.

Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqilib, ushbu masala turkiy davlatlar diniy idoralari mas’ullari bilan ham  keng muhokama qilingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda O‘zbekistonda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring