Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan bir nechta sudya «formasidan ayrildi»

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan bir nechta sudya «formasidan ayrildi»

Kecha 14-sentyabr kuni Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir necha nafar sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga oid masala ham ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Kengash qarori bilan  jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining sudyasi S. Badriddinov sudyalik qasamyodini hamda Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi sababli vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilindi.

Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi  N. Baratov va Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi  F. Djalalova odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganliklari uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Shuningdek Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining raisi B. Normamatov o‘z arizasi ko‘ra, Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi X. Nabiyev vafot etganligi  sababli vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring