Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi

Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 7-avgust kuni xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining navbatdan tashqari 80-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaning kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Sessiyada Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Taklif etilgan nomzodni tuman Kengashining deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdi.

Sessiyada Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi.

K.Aytbayev bunga kunga qadar  Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring