Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzcard»da xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish funksiyasi ishga tushdi

«Uzcard»da xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish funksiyasi ishga tushdi

Foto: «Gazeta.uz»

«UzCard» terminallari xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish imkoniga ega bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Yagona protsessing markazi.

Markaz mutaxassilari tomonidan ishlab chiqilgan yangi dastur barcha POS terminallarda «Tranzaksiyani bekor qilish» funksiyasini ishga tushiradi.  Uning yordamida terminalda amalga oshirilgan xato tranzaksiyalarda hamda iste’molchi mahsulotni qaytarganida to‘lovlarni bekor qilish imkoni paydo bo‘ldi.

«Uzcard» kartalari uchun «Tranzaksiyani bekor qilish» operatsiyasidan xarid amalga oshirilgan vaqtdan boshlab kun oxirigacha amalga oshirilishi mumkin.

«UnionPay» va «MasterCard» xalqaro plastik kartalar uchun esa, «Tranzaksiyani bekor qilish» operatsiyasi «Hisob-kitobni tekshirish» funksiyasi amalga oshirilguniga qadar, ya’ni soat 16:00gacha amalga oshirilishi mumkin.

To‘lovni bekor qilish uchun chek kerak bo‘ladi. Mablag‘lar kartaga shu zahotiyoq qaytariladi.

Yangi dasturni o‘rnatish uchun savdo nuqtasi vakillari o‘z banklariga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. U yerda yangi dastur bir necha daqiqa ichida o‘rnatib beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring