Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus YTHga uchradi

Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus YTHga uchradi

Joriy yilning 19-fevral kuni soat 12:30 larda Toshkent shahridagi 12-Avtobus saroyi tasarrufida bo‘lgan «Yutong» elektrobusi o‘ziga biriktirilgan 40-sonli yo‘nalishda Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda YTHga uchradi.

«Toshshahartransxizmat» korxonasi axborot xizmati YTHga 33 yillik ish stajiga ega ushbu avtobus haydovchisi Q.Q. qon bosimining oshgani sabab bo‘lganini aytmoqda. YTH natijasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga  borib urilgan. 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Elektrobus texnik shikastlangan. Avtobus haydovchisi  shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring