Turkiyada O‘zbekistonning yana bir – to‘rtinchi faxriy konsulxonasi ochildi
Joriy yil 9-sentyabr kuni Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekistonning yana bir faxriy konsulxonasi rasman ochildi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona matbuot xizmati xabar berdi.
Fahriy konsulxona Trabzon viloyat hokimligi (valilik) binosi qarshisida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Bursa, Adana va Antaliya shaharlarida ham O‘zbekistonning faxriy konsulxonalari faoliyat olib boradi.
Ma’lumot uchun, faxriy konsullik – bu davlatlar o‘rtasidagi savdo, madaniy va diplomatik aloqalarni rivojlantirish maqsadida ochiladigan vakolatxona hissoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter