Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir metro bekatining eski nomi tiklanishi mumkin

Yana bir metro bekatining eski nomi tiklanishi mumkin

Foto: Sputnik

Mamlakatimizdagi bir guruh jamoat arboblari Toshkent shahridagi ko‘cha yoki metro stansiyasida akademik H. M. Abdullayevning nomini tiklash taklifi bilan murojaat qildi. Bu haqda «rodrobno.uz» xabar bergan.

Murojaat qilgan olimlar orasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Naim Karimov, Ahmadali Asqarov, Xabibulla Akbarov, Tursunboy Rashidov, professor Yusuf Abdullayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Sanjar Yoqubov, jurnalistlar Ilmira Rahmatullayeva, A’lo va Elparid Xo‘jayevlar, Rahimjon Sultonov, siyosatshunos Nosir Toirov kabi yigirmaga yaqin fan arboblari bor.

Xatda geologiya fanining milliy va xalqaro miqyosdagi taniqli vakillarini H. M. Abdullayev nomidagi akademik medallar bilan taqdirlashni ham qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikrlar bildirilgan.

1992-yilda O‘zbekistonda ko‘plab xorijlik mehmonlar ishtirokida akademik Habib Abdullayevning 80 yilligi keng nishonlangan va Prezident farmoniga muvofiq, akademik Habib Abdullayev nomidagi diplom va oltin medal ta’sis etilgan. Shundan so‘ng Toshkent metropolitenining Yunusobod metro liniyasi bekatlaridan biri va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalardan biriga uning nomi beriladi.

Keyinchalik jamg‘arma faoliyati tugatilib, diplom va akademik medallar berilishi to‘xtatildi. Habib Abdullayev ko‘chasi Mirzo Ulug‘bek, metro nomi esa «Shahriston»ga o‘zgartirilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring