Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yigitning shaxsiy suratlarini tarqatish bilan «shantaj» qilgan «qiz» ushlandi

Yigitning shaxsiy suratlarini tarqatish bilan «shantaj» qilgan «qiz» ushlandi

Talaba yigit bilan telegram messenjerida tanishgan «qiz» aslida tovlamachi yigit bo‘lib chiqdi. 

IIV Kiberxavfsizlik markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi, talaba yigit F.B. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida o‘zini «Tojiboyeva Rayxon» deb tanishtirgan noma’lum shaxsga boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy fotosuratlarini ishonib, messenjer orqali yuborganligini, noma’lum shaxs fotosuratlarni olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslik uchun 900 ming so‘m pul talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida o‘zini «Tojiboyeva Rayxon» deb tanishtirgan noma’lum shaxs Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan J.Sh. (erkak kishi) ekanligi aniqlangan.

J.Sh.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring