Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznesda maqsad: bir maktabga bir million dollar

Biznesda maqsad: bir maktabga bir million dollar

Agar siz muvaffaqiyat qozonmoqchi bo‘lsangiz, hayotda muayyan maqsadga erishing. Boshqalarni sifatli mahsulot yoki xizmat bilan ta’minlashni sidqidildan xohlasangiz, maqsad yo‘lidagi imkoniyatlaringiz o‘lchovsiz ravishda o‘sib boradi. Bunda asosiy kalit so‘z «samimiylik» hisoblanadi.

Samimiylik ─ shunday chizgiki, u qoniqish, o‘z-o‘zini hurmat qilish va bu olamda o‘z-o‘zi va do‘stona his-tuyg‘ulari bilan yashash tarzida yuz ming karra oshirib to‘lanadi. Biz o‘zimizni idora qilamiz, ko‘zga ko‘rinmas boshqa «men» uchun mas’uliyatni to‘liq zimmamizga olamiz. Bu esa yo shon-sharaf, yoki farovonlik; yoki xarob qilib, tilanchilik va omadsizlik girdobiga uloqtirib yuboradi.

Kunlardan bir kuni Avraam Linkolnga do‘stlaridan biri, sizning dushmanlaringiz ortingizdan xunuk gaplarni aytib yuribdi, deb qoldi. «Ularning nima degani men uchun ahamiyatsiz, ─ xitob qildi Linkoln. ─ Yolg‘on-yashiqni qancha bo‘lsa gapiraversin».

O‘z maqsadining samimiy, astoydil ekanligi Linkolnni qo‘rquv va tanqid uchun mutlaqo beparvo qilib qo‘ygan edi.

Samimiylik, bu ─ motivatsiya bilan bog‘liq masala. Boshqalar sizga quvvat yoki pul taqdim etishidan oldin samimiyligingizni sinovdan o‘tkazing. O‘zingizga shunday savol bering: «Men shaxsiy daromad topish uchun ishga kirishdim. Ammo mahsulot yoki xizmatlarga qo‘yayotgan baholarim haqqoniymikan? Axir men shular tufayli daromadga ega bo‘laman yoki «nimanidir» olishni mo‘ljallayman-ku?»

Boshqalarga samimiyliklarini isbotlash juda mushkul ish. Ammo siz bunga nafaqat tayyor bo‘ling, balki o‘zingiz ham shunga intiling.

Marta Berri Shimoliy Jorjiya hududida o‘qishga pul to‘lay olmaydigan ota-onalarning farzandlari uchun maktab ta’sis etgan edi. Dastavval maktab faoliyati moliyaviy jihatdan og‘ir kechdi, ravishda pulga muhtojlik sezildi. Ishni davom ettirish qiyinlashdi. Nihoyat, Marta Berri Genri Ford bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldi. Ayol unga o‘zining ishi haqida gapirib berdi va Forddan homiylik ko‘rsatishni iltimos qilib, ozroq pul so‘radi.

Ammo Ford yordam berishdan bosh tortdi. «Nachora, zorimiz bor, zo‘rimiz yo‘q, ─ dedi Berri xonim, ─ balki siz yeryong‘oq ekish uchun bir bushel yer olib berarsiz?» Bu g‘ayritabiiy iltimos Fordni hayron qoldirdi va yeryong‘oqlar uchun pul berdi.

Berri xonim o‘quvchilarga ma’lum miqdorda mablag‘ to‘plaguncha, ularning yeryong‘oq ekishlariga yordamlashdi. Keyin esa homiylik asosida olgan mablag‘ini ko‘paytirganini ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘yib, Fordga pulini qaytardi... Bu jarayon Fordda shunchalik kuchli taassurot qoldirdiki, u maktabga o‘zini mablag‘ bilan ta’minlaydigan darajada traktorlar va qishloq xo‘jalik vositalarini sovg‘a qilib yubordi. Keyin yillar davomida maktabga bir million dollardan ko‘p pul o‘tkazdi, bu sarmoya evaziga qurilgan qizil toshli bino hozirgacha hududda savlat to‘kib tuadi.

«Berri xonimning muhtoj bolalar va qizlar manfaati uchun pul so‘ragani menda kuchli taassurot qoldirdi», ─ degan edi Ford. Marta Berrining bajarayotgan ishiga ishonchi shu qadar kuchli ediki, dastlab homiylikdan bosh tortgan Fordni – shubhali kayfiyatda bo‘lgan Fordni saxovat ko‘rsatishga majbur etdi.

Amalga oshirayotgan ishlari kutganidan yuksak darajada ahamiyatga ega ekanligini qat’iy ravishda namoyon etgan Marta Berri hech qachon dushmanlik kayfiyati bilan murosa qila olmasdi. Unutmang, olg‘a qadam bosish qiyinlashgan paytda (bu hol vaqti-vaqti bilan ro‘y beradi) maqsadning samimiy va astoydil ekanligi sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Agar chin yurakdan, samimiy ravishda odamlarga sarflayotgan pullaringiz o‘rniga haqiqatan nimadir berayotganingizga ishonsangiz, bu ishonchingiz siz bilan birga ishlab ter to‘kayotgan barcha kishilarda ochiq-oydin namoyon bo‘ladi.

Shunday qilib, odamlarga samimiy ravishda yordam berish istagingiz borligini ko‘rsatib, hayotiy maqsadlaringizga erishing. Bunga muvaffaq bo‘lsangiz, og‘ir, mushkul damlar to‘g‘risida qayg‘urishning aslo hojati yo‘q. Ana shunda sizda doimo xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan mijozlar yoki xaridorlar bo‘ladi.

(Napoleon Xill kitobidan)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring