Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar aqli zaiflikning oldini olish usulini aniqlashdi

Olimlar aqli zaiflikning oldini olish usulini aniqlashdi

Foto: «Remsahealth.com»

Norvegiya Ilmiy-texnika universiteti olimlari jismoniy faollik demensiya rivojlanishining oldini olishga yordam beradi, degan xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari «MedicalXpress» saytida e’lon qilindi.

 — Shug‘ullanishni boshlash hech qachon kech bo‘lmaydi. Tadqiqot ishtirokchilarining o‘rtacha yoshi — 60 yosh. Kardiorespirator chiniqishning yaxshilanishi demensiya rivojlanish xavfining pasayishiga olib keladi. 80-yillarda badantarbiya bilan shug‘ullanmagan, lekin o‘n yildan so‘ng shug‘ullanishni boshlagan odamlar kasallikni ikki yilga keyinga qoldirishgan, — deydi tadqiqot muallifi Atefe Tari.

Bunda yuqori yuklama bilan shug‘ullanish o‘rtacha jismoniy mashqlar bilan taqqoslaganda ko‘proq samara beradi.

Haftasiga ikki marta shug‘ullanish: terlash va nafas olish tezlashishi lozim.

— Muntazam jismoniy mashqlar  yoshingizga nisbatan yaxshiroq holatda bo‘lishingizga ko‘maklashadi, — deb xulosa qiladi Tori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring