Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

122 yoshli ayol uzoq umr ko‘rishining sirini aytdi (Video)

122 yoshli ayol uzoq umr ko‘rishining sirini aytdi (Video)

Foto: «Newsflare.com»

Filippinning Kabankalan shahrida istiqomat qiluvchi 122 yoshli ayol uzoq umr sirlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi «Newsflare».

Hujjatlarga ko‘ra, Fransiska Susano 1897-yil 11-sentyabr kuni dunyoga kelgan. Ayni vaqtda Filippin hukumati uning yoshini tekshiryapti. Agar ayol haqiqatan ham XIX asrda tug‘ilgani tasdiqlansa, dunyodagi eng keksa ayol deb tan olinadi.

O‘tmishda Susano fermada ishlagan, uning 14 ta farzandi bo‘lgan. Uning aytishicha, uzoq umr ko‘rishiga butun umr yangi sabzavot iste’mol qilishi hamda lab garmoshkasini chalishi sabab bo‘lgan — u hozir ham har kuni ertalab uyg‘ongan zahoti lab garmoshkasini chalishni kanda qilmaydi. Momo qovoqcha, baqlajon va ildizmevalarni, shuningdek, asalni yoqtiradi.

Yaponiyaning Fukuoka shahrida istiqomat qiluvchi 117 yoshli Kane Tanaka dunyodagi eng keksa ayol deb rasman tan olingan. U 1903-yil 2-yanvarda tug‘ilgan. Buni ko‘plab hujjatlar tasdiqlaydi.

Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha umume’tirof etilgan rekord 1997-yilda 122 yil va 164 kunlik yoshida vafot etgan fransiyalik Janna Kalmanga tegishli. Tadqiqotchilar uning yoshiga shubha bilan qarashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring