Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nursultondagi eng baland binoga «Qozog‘iston» nomi berildi

Nursultondagi eng baland binoga «Qozog‘iston» nomi berildi

Foto: «Informburo.kz»

Nursultonda qurilayotgan ko‘p funksiyali majmua — «Abu-Dabi Plaza»ning eng baland binosiga mamlakatni sharaflash maqsadida «Qozog‘iston» nomi berildi. Bu haqda «Zakon.kz» yozmoqda.

Nursulton Nazarboyev jurnalist Lazzat Tanisbayga bergan intervyusida aytishicha, «Abu-Dabi Plaza» sayyohlarni chorlovchi va Qozog‘istonning qiyofasini aks ettiruvchi ramzga aylanishiga umid qilyapti.

«Keyingi yili «Abu-Dabi Plaza»ning eng baland minorasini «Qozog‘iston» deb nomlaymiz. Bizning bepoyon kengliklarimizda uzoq-uzoqlardan ham ko‘zga tashlanib turuvchi bunchalik baland bino yo‘q. Agarda kimda-kim «Anavi baland bino nima?» deb so‘rasa, siz unga «Bu «Qozog‘iston» minorasi deysiz», — ta’kidladi Nursulton Nazarboyev.


Ma’lumot uchun: «Abu-Dabi Plaza» qurilishi 2010-yilning noyabrida boshlangan va rejaga ko‘ra, 2016-yilning oxirlarida tugallanishi kerak edi.

Qurilish muddati bir oz cho‘zilib ketdi, endi uni 2021-yilda foydalanishga topshirishmoqchi.

Qurib bitkazilgach, «Abu-Dabi Plaza» nafaqat Qozog‘iston, balki Markaziy Osiyodagi eng baland binoga aylanadi. Eng baland binosi (minorasi) 320 metrga yetadi.

«Abu-Dabi Plaza»ning umumiy maydoni 515 000 kv.m.dan oshishi kutilyapti. Loyiha qiymati $1,6 mlrd.ga baholangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring